✍️ Qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing!
✍️ Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Ularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil!
✍️ Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
✍️ So‘zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o‘lsin.
✍️ Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.