“WikiSfera II” oromgohi nizomi

“WikiSfera II” oromgohi nizomi
16 May, 2026
11 koʻrilgan

“WikiSfera II” oromgohi nizomi

“WikiMarafonloyihasi doirasida tashkil etiladiganWikiSfera II” oromgohi to‘g‘risidagi

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom “WikiMarafon” loyihasi doirasida “WikiSfera” oromgohining 2-mavsumini (keyingi o‘rinlarda Oromgoh deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi:

1.2. Ushbu Oromgohdan asosiy maqsad Vikipediya onlayn ensiklopediyasining O‘zbek tilidagi bo‘limida mavjud maqolalar soni va sifatini oshirish.

1.3. Oromgohni yuqori saviyada o‘tkazish uchun O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi masʼul tashkilot etib belgilanadi.

1.4. Tashkiliy qo‘mita Oromgoh nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.

 

II. Oromgohning maqsad va vazifalari

2.1. Mazkur Oromgoh Vikipediya onlayn ensiklopediyasining O‘zbek tilidagi bo‘limida mavjud maqolalar soni va sifatini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

2.2. Oromgohni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

2.2.1. Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining mazmuni, ishlash tamoyillari va imkoniyatlari haqida tushuncha berish.

2.2.2. Ishtirokchilarda tahrirlash madaniyatini shakllantirish.

2.2.3. Yoshlarning axborot izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

2.2.4. Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining O‘zbek tilidagi bo‘limiga maqola joylashni o‘rgatish.

 

III. Oromgohni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

3.1. Oromgohni tashkil etish va uni o‘tkazish vazifasi Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yuklatiladi.

Yoshlar ishlari agentligi:

3.1.1. Oromgohni o‘tkazish borasida qaror qabul qiladi;

3.1.2. Oromgohning asosiy bosqichlari va tartib-qoidalari haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi;

3.1.3. Barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni yaratadi;

3.1.4. Oromgohni o‘tkazish borasida oshkoralikni taʼminlaydi;

3.1.5. Muddatidan oldin Oromgohga saralash natijalari haqida maʼlumotlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘radi;

3.1.6. Oromgoh ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etadi;

3.1.7. Mazkur Nizomga asoslangan holda Oromgohning o‘tkazilishini tashkil etadi.


       3.2.  Saralash:

3.2.1. Oromgohda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar maxsus telegram bot (@WikiTanlov_bot WikiMarafon jamoasi tomonidan tayyorlanadi) orqali ro‘yxatdan o‘tib, berilgan anketani batafsil to‘ldirishlari kerak.

3.2.2. Saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi: 

ü Birinchi bosqichda arizalar ko‘rib chiqiladi;

ü Ikkinchi bosqichda suhbat o‘tkaziladi.

3.2.2. Talabgorlar o‘zlarining shaxsiy qiziqishlari, faoliyati hamda oromgohda ishtirok etish bo‘yicha maqsadlarini yoritib beruvchi 200-300 so‘zdan iborat motivatsion xat yozishlari shart.

3.2.3. Motivatsion xatlar “WikiMarafon” loyihasining tashkiliy jamoasi tomonidan qabul qilinib, baholanadi.

3.2.4. Oromgohga 16 va undan yuqori yoshdagi talabgorlardan arizalar qabul qilinadi.

3.2.5. Oromgoh uchun qabul 2026-yil 20-maydan 2026-yil 20-iyunga qadar davom etadi.

3.2.6. Talabgorlardan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy (ingliz tili B2), xalqaro (IELTS 6) yoki  o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha B+ darajadagi sertifikat talab etiladi.

3.2.7. Ishtirokchilar oromgohga o‘zlari bilan noutbuk olib kelishi shart.

 

3.3. Tashkil etilishi:

3.3.1. Oromgoh Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida 6 kun davomida tashkil etiladi.

       3.3.2. Saralashdan o‘tgan ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi (Viloyatdan keladigan ishtirokchilarning Toshkent shahriga kelish va qaytish xarajatlari bundan mustasno).

 

IV. Yakuniy qoidalar

4.1. Oromgoh tashkil etilishi davomida tashkilotchilar ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishini (onlayn yuborishini) talab qilish hamda ular bilan videochat yoki telefon orqali qo‘shimcha savol-javob o‘tkazish vakolatiga ega.

4.2. Ishtirokchilar oromgoh yakunida maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

4.3. Oromgoh davomida nizomda koʻrsatilmagan holatlar yuzaga kelsa, tashkiliy jamoa yakuniy qarorni qabul qiladi.

Muallif: Gulzoda Abduhalilova

Dasturlash, texnologiya va taʻlim sohalari boʻyicha ekspert.